Навоий хакида![]() 1982 yilda tashkil topgan. Ma’muriy markazi – Navoiy shahri. Maydoni – 110,99 ming kv. km. (11 098 854 ga), shu jumladan: Qishloq xo‘jalik yerlari 9048876 ga (sho‘r bosgan yerlar 2811 ga), shu jumladan shudgorlanadigan yerlar – 111116 ga, bog‘lar, uzumzorlar, tutzorlar – 10382 ga, bo‘z yerlar – 6882 ga, yaylovlar – 8920496 ga. Yerlarning o‘rtacha bonitet-balli – 49 ball. Uy-joylar, tomorqalar – 20026 ga, o‘rmonlar – 1246178 ga, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar – 23302 ga, zovurlar, ariqlar, suv havzalari, daryolar va soylar – 183123 ga, ijtimoiy ob’ektlar, ko‘chalar, maydonlar – 9516 ga, boshqa xil yerlar (qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlar, sanoat korxonalarining yerlari, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va boshqalar) – 567833 ga. Aholisi – 881,7 ming kishi. Milliy tarkibi: o‘zbeklar – 84,0% (740,7 ming kishi), tojiklar – 1,5% (13,1 ming kishi), ruslar – 3,1% (27,4 ming kishi), ukrainlar – 0,2% (2,1 ming kishi), qozoqlar – 5,5% (48,6 ming kishi) va boshq. – 5,7% (49,8 ming kishi). Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Jizzax viloyatlari hamda Qozog‘iston Respublikasi (643,5 km.) bilan chegaradosh. Viloyatning mahalliy byudjeti dotatsion emas. Viloyat sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Paxta: davlat buyurtmasi (100,0 ming tonna) – 2011 yilda 107,9% ga bajarilgan. G‘alla: davlat buyurtmasi (89,9 ming tonna) – 2011 yilda 104,9% ga bajarilgan. Yirik sanoat korxonalari (21): «NKMK» (rangli metallar ishlab chiqarish), «Navoiyazot» OAJ (kimyoviy o‘g‘it ishlab chiqarish), «Qizilqumtsement» OAJ (qurilish materiallari ishlab chiqarish), «Ishlab chiqarish korxonalari boshqarmasi» OAJ (qurilish materiallari ishlab chiqarish), «Navoiynonmahsulot» AJ (non-bulka mahsulotlari ishlab chiqarish), «Karmana moy invest» MChJ (tozalangan yog‘ ishlab chiqarish), «Vangozi Agro Eksport» MChJ (tozalangan yog‘ ishlab chiqarish), «Qiziltepa un zavodi» AJ (un ishlab chiqarish), «Navbahor paxta tozalash» MChJ (chigitli paxtani qayta ishlash), «Xatirchipaxtatozalash» MChJ (chigitli paxtani qayta ishlash), «Qiziltepa-paxtatozalash» (chigitli paxtani qayta ishlash) va boshq. QK (53): «Baxt-tekstil» QK (ip yigirish korxonasi), «Elektrokimyozavod» (mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish), «Kontinent-N-Yog-Moy» QK (o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish), «Qizilqum Saxovati» XK (meva-sabzavot mahsulotlarini konservatsiya qilish), «Velan» QK (tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish), «Karmana gips mahsulotlari» QK (qurilish materiallari ishlab chiqarish), «O`z Erae Cable» QK (avtomobillar uchun generatorlar va kompressorlar ishlab chiqarish), «Sarbel-Diamet-Karakul» QK (qorako‘l terisini qayta ishlash), «Navbahor-tekstil» XK (ip yigirish korxonasi), «Promelektro» QK (elektrodvigatellarni ta’mirlash) va boshq. Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi – 1387,3 mlrd. so‘m, 2010 yilga nisbatan o‘sish sur’ati – 105,4 % (NKMKni hisobga olmaganda). Kichik biznes sub’ektlari – 13639 birlik (shu jumladan 1825 fermer xo‘jaligi, fermer xo‘jaliklarining maydoni o‘rta hisobda – 129,9 ga). Chorvachilik fermalari – 342, baliqchilik fermalari – 40, parrandachilik fermalari – 23. Navoiy shahri 1958 yilda tashkil topgan. Ma’muriy markazi – Navoiy shahri. Maydoni – 0,05 ming kv.km. (5153 ga), shu jumladan: Qishloq xo‘jalik yerlari 6 ga, shu jumladan shudgorlanadigan yerlar – 6 ga. Avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar – 1754 ga, boshqa xil yerlar (qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlar, sanoat korxonalarining yerlari, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va boshqalar) – 3393 ga. Aholisi – 134,8 ming kishi. Milliy tarkibi: o‘zbeklar – 79,4% (107,0 ming kishi), tojiklar – 0,7% (1,0 ming kishi), ruslar – 8,0% (10,7 ming kishi), ukrainlar – 0,2% (0,3 ming kishi), qozoqlar – 0,7% (1,0 ming kishi) va boshq. – 11,0 % (14,8 ming kishi). Karmana tumani bilan chegaradosh. Shahar sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yirik sanoat korxonalari (10): «NKMK» (ranglik metallar ishlab chiqarish), «Navoiyazot» OAJ (kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish), «Qizilqumtsement» OAJ (qurilish materiallari ishlab chiqarish), «UPP» OAJ (qurilish materiallari ishlab chiqarish), «Navoiynonmahsulot» AJ (un va kombikorm ishlab chiqarish). QK (23): «Baxt-tekstil» (ip yigirish korxonasi), «Elektrokimyozavod» (mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish), «Navoiy» (spirtli ichimliklar ishlab chiqarish), «Navoiy-Mermer-Dash» (qurilish materiallari ishlab chiqarish), «NESTOR» (chanqovbosdi ichimliklar ishlab chiqarish) va boshq. Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi – 1053,5 mlrd. so‘m, 2010 yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati – 105,0 %. Kichik biznes sub’ektlari – 1860 birlik (shu jumladan 10 fermer xo‘jaligi, fermer xo‘jaliklarining maydoni o‘rta hisobda – 5,1 ga.). Chorvachilik fermalari – 6, parrandachilik fermalari – 1. Navoiy shahri internet sayti http://nav.uz |